Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil garovga olinganlarni ozod qilishni davom ettirish uchun HAMAS bilan amaldagi sulhni uzaytirishga tayyor, dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH prezidenti Jo Bayden bilan suhbatda. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: Reuters
“Yana bir guruh garovga olinganlar, bolalar va ayollarni uyga qaytardik, oilalar birlashganini ko‘rganimizda butun xalq kabi mening ham qalbim taskin topdi”, — dedi u.

Isroil bosh vazirining fikricha, sulhni uzaytirish yanada ko‘proq garovga olinganlarni ozod qilishga imkon beradi: “har kuni 10 kishi”.

Shu bilan birga, uning taʼkidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv bekor qilingandan so‘ng mamlakat armiyasi o‘z maqsadlariga – HAMASni yo‘q qilishga qaytadi.

Oq uy matbuot xizmatiga ko‘ra, Bayden Falastin guruhi tomonidan garovga olinganlarning ozod qilinishini olqishlagan (ular orasida ota-onasidan ayrilgan to‘rt yoshli amerikalik qiz ham bor), u va Netanyaxu asirga olinganlarni qaytarish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olgan.

Avvalroq HAMAS ham Isroil tomonidan hibsga olingan falastinliklarni ozod qilish uchun sulhni uzaytirishga tayyorligini bildirgandi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, 50 nafar isroillik garovga olinganlar evaziga 150 nafar falastinlik mahbus ozod qilinadi.

Tomonlar o‘rtasida to‘rt kunlik sulh 24-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da (mahalliy vaqt bilan 7:00) boshlangan.

Mavzuga doir
Izoh

TAVSIYA ETILADI

27.11.2023, 09:37

aldov

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »