Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Millerning aytishicha, Blinken ikki yetakchi bilan ham “uzoq va sharafli tinchlik kelishuviga erishish” imkoniyatini muhokama qilgan.

Foto: Getty Images

Davlat kotibi Aliyev bilan suhbatida “uzoq cho‘zilgan mojaro ham ozarbayjonlar, ham armanlar uchun azob-uqubatlar keltirib chiqarganini aytib, tinchlik mintaqadagi barchaga foyda keltirishini ta’kidlagan”, shuningdek, Boku bilan hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari haqida gapirgan. 

Pashinyan bilan esa Blinken “AQSHning Boku va Yerevan o‘rtasida mustahkam va munosib tinchlik kelishuviga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi”ni muhokama qilgan.

“Davlat kotibi AQSHning Armaniston suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini yana bir bor tasdiqladi hamda Armanistonning farovon va demokratik kelajak haqidagi qarashlarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan holda, u bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qayd etdi”, — dedi Miller suhbatdan so‘ng.

Ozarbayjon va Armaniston bir necha yillardan beri tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bahorda Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyorligi haqida gapirgandi. Boku 2023-yil sentyabrda harbiy operatsiya o‘tkazib, mintaqani o‘z nazoratiga qaytardi.

Oktyabr oyida Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik va munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishilgan uchta tamoyilni keltirdi: bir-birining hududiy yaxlitligini tan olish, 1991-yildagi Olmaota deklaratsiyasiga muvofiq chegaralarni delimitatsiya qilish va tomonlarning suveren yuridiksiyasi asosida mintaqaviy kommunikatsiyalarni ochish.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »