Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kreml matbuot xizmati Vladimir Putin va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi.

Foto: AP Photo

Xabarda aytilishicha, suhbat chog‘ida, Aliyev “20-sentabr kuni Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlarining fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan uzr so‘ragan va chuqur hamdardlik bildirgan”.

Ozarbayjon prezidenti, shuningdek, voqea bo‘yicha chuqur tekshiruv o‘tkazilishiga hamda “barcha aybdorlar munosib jazolanishiga” va’da bergan. Bundan tashqari, Aliyev qurbonlarning oilalariga moddiy yordam berishga tayyorligini aytgan.

Kreml matbuot xizmati Putinning javobi qanday bo‘lgani haqida xabar bermadi. Bundan tashqari, xabarda faqatgina prezidentlar “mintaqadagi vaziyatni yanada barqarorlashtirish va gumanitar muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor qadamlarni” muhokama qilgani, Putin “armanlarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash muhimligini taʼkidlagani”, Aliyev esa Ozarbayjon tomoni bu masalalarda Rossiya tinchlikparvar kuchlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqlagani aytilgan.

20-sentabr kuni kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi Qorabog‘da rossiyalik harbiylar bo‘lgan avtomobil o‘qqa tutilgani va ular halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Mashinada qancha odam bo‘lgani aytilmagan, halok bo‘lganlarning shaxsi ham oshkor etilmagan. 21-avgust kuni qurbonlar orasida Rossiyaning Qorabog‘dagi tinchlikparvar kontingenti qo‘mondoni o‘rinbosari Ivan Kovgan ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Ivan Kovgan
Foto: “TASS”

“RIA Novosti”, “Interfaks” va “TASS” nashrlari Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, Qorabog‘da rossiyalik harbiylarni o‘ldirishda gumon qilingan birinchi shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Manbaning aytishicha, ushbu qotillikda qo‘l ostidagilari aybdor bo‘lgan Ozarbayjon Qurolli kuchlari korpusi qo‘mondoni o‘z vazifasidan chetlashtirilgan. Ozarbayjon tomoni bu ma’lumotni hali tasdiqlamadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »