Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘da “antiterror choralari” va ularning “muvaffaqiyatli yakunlanishi” natijasida mamlakat o‘z suverenitetini tiklaganini aytdi. Bu haqda Report.az xabar berdi.

Foto: president.az

Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘da joylashgan arman armiyasining katta qismi “butunlay yo‘q qilingan”.

“Armaniston tomonining harbiy texnikasi yo‘q qilindi va yaroqsiz holga keltirildi. Ozarbayjon hududida Armanistonga tegishli 100 dan ortiq tank va zirhli texnika, 200 dan ortiq artilleriya qurollari joylashgan edi”, — deydi Aliyev. 

Siyosatchi 2020-yil noyabrida Ikkinchi Qorabog‘ urushidan keyin tuzilgan kelishuvga zid ravishda Armaniston “uch yildan beri o‘z qurolli kuchlari va texnikasini Ozarbayjon hududidan olib chiqmaganini” aytdi. 

“Biz bunga ham aniq qurollar, ham qurolli kuchlarimizning professionalligi yordamida erishdik. Fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazmaslik, ammo harbiy infratuzilmani ishdan chiqarish kerakligi haqida ko‘rsatmalar berildi”, — deydi Ozarbayjon prezidenti.

Aliyevning aytishicha, agar Qorabog‘dagi noqonuniy qurolli guruhlar qurollarini tashlamaganida Ozarbayjon “oxirigacha borgan bo‘lardi”. Siyosatchi aksilterror tadbirlari davomida Ozarbayjon harbiylari orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar borligini aytdi.

  • 19-sentabr kuni Ozarbayjon “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida, Tog‘li Qorabog‘da aksilterror operatsiyasini boshladi. Taxminan bir kun o‘tgach, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olindi.
  • Rossiya tinchlikparvar kuchlari Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya imzolagan uch tomonlama kelishuvlarga muvofiq 2020-yildan beri Tog‘li Qorabog‘da bo‘lib kelmoqda.
  • Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tog‘li Qorabog‘da sodir bo‘layotgan voqealarni Ozarbayjonning ichki ishi deb atadi va “de-yure Ozarbayjonning o‘z hududidagi harakatlari haqida gapirayotganini” ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »