Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi o‘rtasidagi muzokaralarda Armaniston ishtirok etmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Armenia Today xabar berdi.

Foto: primeminister.am

Pashinyan xalqqa murojaat qilar ekan, Armaniston o‘t ochishni to‘xtatish va armiyani tarqatib yuborish haqidagi bayonot matnini shakllantirishda ishtirok etmaganini aytdi.

U Armaniston qurolli kuchlarining Qorabog‘dan olib chiqib ketilishi haqidagi bayonotlar Yerevan uchun tushunarsizligi, chunki Qorabog‘da 2021-yil avgust oyidan beri arman harbiy bo‘linmalari mavjud emasligini bildirdi.

“Ammo har qanday holatda ham ushbu bayonot va uning Tog‘li Qorabog‘ hukumati tomonidan qabul qilinishini e’tiborga olamiz”, — dedi Pashinyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ aholisini himoya qilishiga umid qiladi.

“Agar tinchlikparvar kuchlar tegishli taklif bilan chiqqan bo‘lsa, demak, ular Tog‘li Qorabog‘ armanlarini ta’minlash uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan, ya’ni ular armanlarning huquqlarini to‘liq ta’minlashi kerak”, — dedi u.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qorabog‘da jangovar harakatlar intensivligi pasaygan.

“Tog‘li Qorabog‘dan olgan so‘nggi maʼlumotlarimga ko‘ra, jangovar harakatlar jadalligi keskin pasaygan, biroq ular to‘liq to‘xtagani yo‘q. Umid qilamizki, harbiy eskalatsiya davom etmaydi”, — deya xulosa qildi u.

Qorabog‘dagi vaziyat: nimalar ma’lum?

19-sentabr kuni Ozarbayjon “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida Tog‘li Qorabog‘da “mahalliy aksilterror tadbirlari” boshlanganini e’lon qildi, shundan so‘ng tan olinmagan respublika hududini o‘qqa tuta boshladi. Bu arman tomonining provokatsiyalari, jumladan, Ahmadbeyli—Fuzuli—Shusha trassasida avtomobil portlashi oqibatida politsiya xodimlarining halok bo‘lishi bilan izohlangan.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat fonida Armanistonda davlat to‘ntarishiga chaqiriqlar boshlangan. Yerevanda Qorabog‘ning berilishiga qarshi namoyishlar avj olgan. 

Ozarbayjonning operatsiyasi davomida 20-sentabr kuni ertalabki holatga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘da 32 kishi, jumladan, 7 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi, jumladan, 35 nafari tinch aholi vakillari yaralandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 20-sentabr kuni ertalab ikki mingdan ortiq odam “eng xavfli hududlardan” evakuatsiya qilingani haqida xabar berdi. Keyinroq tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rasmiylari o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »