Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘ o‘qqa tutilgan paytdagi harakatsizligini “de-yure Ozarbayjon o‘z hududida” harbiy harakatlar olib borgani bilan izohladi.

Foto: “TASS”
“Ayniqsa, Armaniston tomoni Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga rasman qaror qilganidan keyin bizga nisbatan bunday qoralashlarni qabul qilmaymiz. De-yure, hozir gap Ozarbayjon Respublikasining o‘z hududidagi harakatlari haqida ketyapti. Shunday ekan, bizga qarshi bunday ayblovlar mutlaqo asossizdir. Hech narsaga asoslanmagan”, — dedi Peskov.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Tog‘li Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kuchlar amaliy ishlarni qiladi va “og‘zaki safsata bilan shug‘ullanmaydi”.

“Qorabog‘dagi armanlar bilan aloqalarimiz davom etmoqda. Chunki bizning harbiylarimiz — ular bunday og‘zaki safsata bilan shug‘ullanmaydi. Ular aniq ishlarni qiladi, tinchlikparvar sifatida o‘z vazifalarini bajaradi, tinch aholini, ayniqsa bolalarni xavfli zonalardan evakuatsiya qilishga yordam beradi, bu ishlar kechayu kunduz davom etadi”, — dedi Peskov.

19-sentabr kuni Ozarbayjon “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida Tog‘li Qorabog‘da “mahalliy aksilterror tadbirlari” boshlanganini e’lon qildi, shundan so‘ng tan olinmagan respublika hududini o‘qqa tuta boshladi. Bu arman tomonining provokatsiyalari, jumladan, Ahmadbeyli—Fuzuli—Shusha trassasida avtomobil portlashi oqibatida politsiya xodimlarining halok bo‘lishi bilan izohlangan.

Ozarbayjonning operatsiyasi davomida 20-sentabr kuni ertalabki holatga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘da 32 kishi, jumladan, 7 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi, jumladan 35 nafari tinch aholi vakillari yaralandi.

Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Rossiyani otishma paytida harakatsizlik qilishda aybladi:

“2020-yil 9-noyabrda Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari imzolagan bayonotga ko‘ra, Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisini himoya qilishga majbur. Rossiya esa bu majburiyatni bajarmayapti”, — dedi Grigoryan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 20-sentabr kuni ertalab ikki mingdan ortiq odam “eng xavfli hududlardan” evakuatsiya qilingani haqida xabar berdi. Keyinroq tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rasmiylari mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan (Toshkent vaqti bilan 14:00) o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »