Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatga munosabat bildirdi. Bu haqda “URA.ru” xabar berdi. 

Foto: “URA.ru”

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari tinch aholini himoya qilish va konfliktni hal qilish uchun “hamma narsa” qilmoqda.

“Rossiya tinchlikparvar kuchlari tinch aholini himoya qilish uchun hamma narsa qilmoqda. Biz Yerevan, Stepanakert va Boku rasmiylari bilan doimiy aloqadamiz. Umid qilamizki, deeskalatsiyaga erisha olamiz va muammoni tinch yo‘nalishga o‘tkazamiz”, — dedi Putin Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlarining asosiy bazasida allaqachon ikki mingdan ortiq tinch aholi va mingdan ortiq bolalar bor.

Ozarbayjon 19-sentabr kuni Tog‘li Qorabog‘da “aksilterror operatsiyasini” boshladi. Bir kun o‘tib Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi (Artsax) rasmiylari o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini maʼlum qildi. Biroq Rossiya Mudofaa vazirligi tinchlikparvar kuchlar mintaqada o‘z faoliyatini davom ettirishini ilgari surdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »