Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasidagi inson huquqlari bo‘yicha komissari Gegam Stepanyan 19-sentabr kuni boshlangan Ozarbayjonning “aksilterror” operatsiyasi oqibatida 25 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Central Asia

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu maʼlumotlar Xonkandi (Stepanakert) o‘likxonasidan olingan. Ombudsmanning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlardan ikki nafari — tinch aholi vakillari.

Yaradorlar soni, Stepanyanning so‘zlariga ko‘ra, 200 dan oshgan. Qayd etilishicha, bu raqamlar Askeran va Martuniydagi tibbiyot muassasalari maʼlumotlarini o‘z ichiga olmaydi, chunki ular bilan hali aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmayapti.

Tog‘li Qorabog‘dagi Askeran, Martakert, Martuni va Shusha tumanlarida 16 ta aholi punktidan 7 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, deya qo‘shimcha qildi Stepanyan.

19-sentabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da “konstitutsiyaviy tuzumni tiklash” maqsadida “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini e’lon qildi. Kun davomida Tog‘li Qorabog‘ keng ko‘lamda o‘qqa tutildi. Kechqurun Boku Qorabog‘da “60 dan ortiq jangovar pozitsiyalar” nazoratga olingani haqida xabar berdi.

Tan olinmagan respublika hukumati “mavjud vaziyatni hal qilish uchun” o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni boshlash taklifi bilan Bokuga murojaat qildi. Bunga javoban Ozarbayjon rasmiylar “mamlakatning Qorabog‘ mintaqasida yashovchi arman aholisi vakillari bilan” uchrashishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, Boku tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hukumati tarqatib yuborilmaguncha jangovar harakatlarni to‘xtatish niyatida emasligini ta’kidladi. Ozarbayjon Armaniston Qurolli kuchlarining mintaqadan olib chiqilishini ham talab qilmoqda.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan jangovar harakatlarga kirishmasligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tog‘li Qorabog‘da Armaniston armiyasi yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »