Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi Qirg‘izistonda havo sifatini yaxshilash uchun 50 million dollar kredit ajratmoqchi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Foto: Kaktus Media

Tegishli loyiha poytaxtda havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha bir qator texnik chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi, masalan, toza va energiya tejamkor uy-joylarni isitish texnologiyalariga o‘tish, maqsadli hududlarda ko‘kalamzorlashtirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Loyiha doirasida Bishkekda atmosfera havosi ifloslanishini tahlil qiluvchi zamonaviy laboratoriya qurilishi moliyalashtiriladi. 650 ming dollarlik chiqindilarni monitoring qilish va tahlil qilish uchun asbob-uskunalar va mobil laboratoriyalar xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.

Deputat Maqsatbek Sarbag‘ishev bu pullarni poytaxtni gazlashtirishga sarflashni taklif qildi.

“Internetda biz iflos shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turganimiz haqida maʼlumotlar bor. Bu pulni gazlashtirish uchun bering. Siz Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki boshqa idoralar yordami bilan kreditni hisobdan chiqarishingiz mumkin degan shubha bor”, — dedi deputat.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »