Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya moliya prokuraturasi respublika mehnat, to‘liq bandlik va integratsiya vaziri Olivye Dyussoni tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ygani uchun 10 oylik shartli qamoq va 15 ming yevro miqdorida jarimaga tortishni talab qildi. Bu haqda AFP xabar berdi.

Vazir 2009-yilda o‘tkazilgan tenderlardan birida “Saur” suv xo‘jaligi kompaniyasining ishtiroki uchun qulay shart-sharoitlar yaratganlikda gumon qilinmoqda.

Foto: Reuters

Prokuratura tintuv paytida vazirdan topilgan ikkita hujjatga tayanyapti. Birinchisi, 2009-yil iyul oyi oxirida Annonay kommunasining o‘sha paytdagi meri Dyusso va “Saur” direktori Olivye Broussat o‘rtasidagi uchrashuv haqida ma‘lumot. Uchrashuv tender e’lon qilinishidan uch oy oldin bo‘lib o‘tgan va unda tender shartlari va shartnoma summasi muhokama qilingan.

Ikkinchi hujjat bu — uchrashuvdan so‘ng ko‘p o‘tmay shahar hokimligidan tenderni tayyorlash uchun mas‘ul bo‘lgan xizmat vakiliga yuborilgan elektron pochta. Unda bir qancha bandlarni o‘zgartirish va nomzodlar takliflarini baholashda narx mezonining ahamiyatini kamaytirish talabi bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »