Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayrim afg‘on muhojir ayollari Human Rights Watch tashkilotiga Pokiston politsiyasi ularni jinsiy ta’qib qilib, zo‘rlash bilan qo‘rqitganini aytdi. Bu haqda Afghanistan International xabar berdi.

Foto: Reuters

Tashkilotga ko‘ra, Pokiston hukumati afg‘on muhojirlariga nisbatan keng ko‘lamli qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan. Yaqinda “Tolibon”ning Karachidagi konsulligi “pokistonlik harbiy” afg‘on qizini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergandi.

Pokiston rasmiylari ommaviy hibsga olish va afg‘on muhojirlarining mol-mulkini musodara qilishdan tashqari, minglab afg‘onlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘q qilgan. 

“Pokiston hukumati afg‘on muhojirlariga nisbatan keng ko‘lamli qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yib, ularni Afg‘onistonga qaytishga majbur qilmoqda”, — deyiladi HRW hisobotida.

2023-yil sentyabr o‘rtalaridan beri Pokiston hukumati 400 mingdan ortiq afg‘on muhojirini deportatsiya qilgan.

“Pokiston hukumati afg‘onlarni Afg'onistondagi xavfli sharoitlarga qaytishga majburlash muhitini yaratdi”, — deydi Human Rights Watchning Osiyo bo‘yicha direktori Eleyn Pirson. 

U Pokiston rasmiylaridan muhojirlarga nisbatan huquqbuzarliklarni zudlik bilan to‘xtatishni va xavf ostida qolgan afg‘onlarga Pokistonda qolish imkoniyatini berishni so‘radi.

Huquq faollari va jurnalistlarning xabar berishicha, Pokiston hukumatining yomon munosabati afg‘on muhojirlarini mamlakatni tark etishga majburlash kampaniyasining bir qismidir. Ularning aytishicha, politsiya afg‘on muhojirlarini kaltaklagan, qo‘rqitgan va hibsga olgan.

Human Rights Watch tashkilotining bildirishicha, Pokiston politsiyasi muhojirlardan pora va taqinchoqlar talab qilib, ularning barcha qoramollari va boshqa mol-mulkini musodara qilgan, muhojirlarning uylarini buldozerlar bilan vayron qilgan. Deportatsiya qilingan yoki Pokistonni tark etishga majbur bo‘lganlar orasida Pokistonda tug‘ilgan va hech qachon Afg‘onistonda yashamagan afg‘onlar ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston rasmiylari AQSH, Britaniya va boshqa mamlakatlarga joylashishni kutayotgan, vizasini uzaytira olmagan afg‘onlardan chiqish to‘lovi sifatida 830 dollar olgan.

Eleyn Pirson xavf ostida bo‘lgan afg‘onlarni joylashtirishga va’da bergan davlatlarni bu jarayonlarni tezlashtirishga, Pokistonga esa inson huquqlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »