Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Afg‘onistondan Pokistonga oqib o‘tadigan Kunar daryosi suvini butunlay to‘sib qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda “Tolibon” bosh vazirining iqtisod bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodarga tayanib, “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: Kunar / Wikipedia

Barodar “boshi ketsa ham” Kunar daryosining suvini avvalgi holiga qaytarishini ma’lum qildi. U hukumatning irodasi kuchli ekani hamda Afg‘onistonni qayta qurish bo‘yicha turli rejalari borligini iddao qildi. “Tolibon” rasmiysining mazkur bayonoti Pokiston muvaqqat hukumatining afg‘on qochqinlarini Pokistondan deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qaroriga javoban yangradi.

Pokistonda afg‘on muhojirlarini deportatsiya qilishning ikkinchi bosqichi boshlangan. Jumladan, Pokiston hukumati 2024-yilning yanvariga qadar 1 million muhojirni deportatsiya qilishini e’lon qildi. Qonuniy yashash hujjatlariga ega bo‘lmagan barcha afg‘on qochqinlari yanvar oyiga qadar Pokistondan chiqarib yuboriladi.

Avvalroq Pokiston rasmiylari afg‘on fuqarolarini deportatsiya qilishning ikkinchi bosqichida BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligida ro‘yxatdan o‘tgan qochqinlar ham deportatsiya qilinishini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »