Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston muvaqqat hukumati o‘n yildan keyin suvning qiymati benzinnikidan ham yuqori bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy RTA Dari nashri xabar berdi.

Afg‘oniston TIV siyosiy o‘rinbosari Abbos Stanekzay
Foto: Khaama Press


“Tolibon” Tashqi ishlar vazirligining siyosiy o‘rinbosari Abbos Stanekzay tegishli fikrni bildirgan. U Afg‘onistonda suv yetarli ekani va “Tolibon” mamlakat suvini boshqarish imkoniyatiga egaligini ta’kidlagan. Xuddi shunday fikrni Afg’oniston Energetika va suv vazirligi maslahatchisi Faruq A’zam ham bildirgandi. U mamlakat suvi boshqarilsa, qo‘shni davlatlar suvga muhtoj bo‘lishini aytgandi.

O‘z navbatida, “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid O‘zbekiston Qo‘shtepa kanalidan jabr ko‘rmasligiga va’da bergan. U mazkur kanal har ikki davlatga foyda keltirishini ta’kidlagan. Biroq ekspertlar buning aksini aytmoqda, jumladan agar kanal qurib bitkazilsa, mintaqaviy mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Kanal Amudaryo suvini O‘zbekiston bilan chegaraga yo‘naltiradi. Afg‘oniston elektr energiyasining katta qismini O‘zbekistondan import qilishi hisobga olinsa, “Tolibon” qo‘shni respublikaga qarshi chiqolmaydi. 

“Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonni 15 foiz suv yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda, agar kanal qurilishi ortidan yana 10 foiz yo‘qotsa, O‘zbekiston 25 foiz suv yo‘qotishi mumkin”, — deyiladi yana bir prognozda.
“Afg‘oniston Amudaryo suvidan foydalanishga mutlaqo haqli. Bu huquq Afg‘onistonga xalqaro konvensiyalar bilan berilgan va Afg‘oniston Amudaryo suvining 27-30 foiziga egalik qiladi”, — degan edi suv xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassis Najibulla Sadid.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »