Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakati Qo‘shtepa kanali xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus bo‘lim tashkil etilganini e'lon qildi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.

Foto: Sputnik Afg‘oniston

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, ushbu bo‘linma mamlakatdagi to‘g‘onlarni, milliy loyihalarni, taʼlim muassasalarini, banklar va tijorat markazlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Ushbu bo‘lim Qo‘shtepa kanalini himoya qilish maqsadida Milliy jamoat muhofazasi agentligining umumiy maqsadi ostida ishlaydi.

Qo‘shtepa kanali loyihasi Amudaryoning suv resurslarini boshqarish sohasidagi yirik loyihalardan biridir, u hozirda Afg‘oniston shimolida amalga oshirilmoqda. “Tolibon” kanalning birinchi bosqichi ishga tushirilganini aytmoqda, ammo Markaziy Osiyo davlatlari bu loyihadan xavotirda.

The Economist prognoziga ko‘ra, agar kanal qurib bitkazilsa, mintaqaviy mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Kanal Amudaryo suvini O‘zbekiston bilan chegaraga yo‘naltiradi. Afg‘oniston elektr energiyasining katta qismini O‘zbekistondan import qilishi hisobga olinsa, “Tolibon” qo‘shni respublikaga qarshi chiqolmaydi. 

“Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonni 15 foiz suv yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda, agar kanal qurilishi ortidan yana 10 foiz yo‘qotsa, O‘zbekiston 25 foiz suv yo‘qotishi mumkin”, — deyiladi yana bir prognozda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyayev yaqinda “Tolibon” tomonidan Qo‘shtepa kanali qurilishi Markaziy Osiyodagi suv rejimi va muvozanatini o‘zgartirishini aytgandi. “Tolibon” esa O‘zbekiston Qo‘shtepa kanalidan zarar ko‘rmasligiga va’da bergan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »