Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston qonunchiligida 1-dekabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga, bazaviy hisoblash miqdori 3 foizga (340 000 so‘m) oshmoqda.

Foto: “Daryo”

Shunga muvofiq O‘zbekistonda 1-dekabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi: hujjatsiz yurish — 340 ming so‘m; qizil chiroqdan o‘tish — 680 ming so‘m; telefonda gaplashish — 1 million 20 ming so‘m; mast holda rulga o‘tirish va ruxsatsiz “tonirovka” — 8 mln 500 ming so‘m.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan hisob-kitoblar BHMga nisbatlab amalga oshiriladi:

  • xavfsizlik kamarini taqmaslik bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, ya’ni 170 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek,

  • texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan, tibbiyot qutichasi va boshqa favqulodda vaziyatlarda ishlatiladigan vositalari bo‘lmagan avtomobilni boshqarish — 170 ming so‘m;
  • avtomobilni hujjatsiz boshqarish — 340 ming so‘m;
  • qizil chiroqdan o‘tish — 680 ming so‘m;
  • to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish (noto‘g‘ri parkovka) — 680 ming so‘m;
  • shatakka olish qoidalarini buzish — 1 million 700 ming so‘m;
  • boshqaruv vaqtida telefondan foydalanish — 1 million 20 ming so‘m;
  • davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish — 1 million 700 ming so‘m;
  • yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashish — 1 million 700 ming so‘m;
  • tezlikni oshirib yuborish (20 km/s gacha) — 340 ming so‘m;
  • tezlikni oshirib yuborish (20−40 km/s) — 1 million 700 ming so‘m;
  • tezlikni oshirib yuborish (+40 km/s) — 3 million 60 ming so‘m;
  • (boshqa fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qilgan holda) qarama-qarshi tomonda harakatlanish — 3 million 400 ming so‘m;
  • transport vositalarini mast holda boshqarish — 8 million 500 ming so‘m jarima yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish;
  • qoraytirilgan oynali (ruxsatsiz “tonirovka”), shuningdek, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan ruxsatsiz foydalanish — 8 million 500 ming so‘m.

Ma’lumot uchun, prezident imzolagan qonun bilan 1-maydan ma’muriy jarimalarning 50 foizini 15 kun ichida, 70 foizini 30 kun ichida to‘laganlar uning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. Biroq shunday huquqbuzarlik 1 yil davomida takror sodir etilganda yoki protest bildirilganda chegirma qo‘llanmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »