Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qonunchilik palatasi yalpi majlisida doimiy ravishda qoidabuzarliklar sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimi joriy etilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Qonun loyihasi bilan taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanishiga oid modda kiritilmoqda.

Jarima ballari huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgan kundan boshlab bir yil davomida hisoblab boriladi.
Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida o‘n ikki balldan oshgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlikka qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchining transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishiga sabab bo‘ladi. 

Jarima ballari belgilangan miqdordan oshganlik uchun ma’muriy jazo Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llanadi. Ballarni hisoblash tartibi hukumat tomonidan belgilanadi. 

Qonunchilikka “yo‘l bezoriligi” tushunchasi kiritilyapti.
Ma’lumot uchun: Noqonuniy “avtopoyga”larda qatnashadigan, “drift”, “shaxmat” shaklida boshqaradigan haydovchilar javobgarlikka tortiladi. Avtotransport vositalarining davlat raqamlarini qalbakilashtirganlik hamda haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini buzganlik uchun jinoiy jazo choralari qo‘llanadi. 

Transport vositalarini mast holatda boshqarganligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash, avtomobilni boshqarishni mast shaxsga topshirish hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarganlik uchun jinoiy jazoni belgilash nazarda tutilmoqda. Shuningdek: 

  • Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazda yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish jinoiy jazo belgilanishiga sabab bo‘ladi.
  • Mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida huquqbuzarlik sodir etilishi ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanishi belgilanmoqda.
  • Avtomobil yo‘llari va ko‘chalardan foydalanish, ularni ta’mirlash ishlarini tashkil etish va saqlash qoidalarini buzish uchun jazo choralari belgilanmoqda. 
  • Fotoradar va videokamera orqali aniqlangan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning transport vositasini ijara shartnomasi asosida olgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilishi belgilanmoqda. 
  • Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish bo‘yicha belgilangan jazo choralari tabaqalashtirilgan holda belgilanadi.
  • Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborish uchun jazo choralari belgilanmoqda. 
  • Transport vositasida odam tashish hamda transport vositasida quvib o‘tish qoidasini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
  • Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni ularni obro‘sizlantirish yoki haqorat qilish maqsadida Internet axborot tarmog‘ida joylashtirish ta’qiqlanmoqda. 
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev “O‘ylaymanki, ushbu qonun loyihasi yo‘l harakati ishtirokchilarining qoidalarga qat’iy amal qilishini ta’minlashga, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi”, — deya izoh qoldirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »