Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB JXD yo‘l harakati xavsizligi tomonidan 18 — 24-noyabr kunlari o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida maʼmuriy jarimalarni muddatida to‘lamagan 1955 ta qoidabuzar haydovchidan 3 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Shuningdek, jarimani to‘lashdan bosh tortganlarga tegishli bo‘lgan 443 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani haydovchi jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran 60 kundan kechiktirmay to‘lashi lozim. Ana shu muddatda to‘lanmagan jarimalar MIB ish yurituviga o‘tkaziladi va majburiy tarzda undirish choralari ko‘riladi.

Avvalroq Andijon viloyatida 17—20-noyabr kunlari o‘tkazilgan reyd tadbirida 300 nafar haydovchining avtomashinasi jarima maydoniga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Avgust oyida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan 1—10-avgust davomida jami 16 449 ta qoidabuzarik aniqlangan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »