Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida 17—20-noyabr kunlari o‘tkazilgan reyd tadbirida 300 nafar haydovchining avtomashinasi jarima maydoniga tortildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga maʼlum qildi.

Foto: MIB axborot xizmati

Aytilishicha, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun chiqarilgan qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida MIB Andijon viloyat boshqarmasi hamda Ichi ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi departamenti YHX xizmati xodimlari hamkorlikda qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazgan.

“Andijon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirida 17—20-noyabr kunlari yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun qo‘llanilgan jarimalarni to‘lamay kelayotgan 300 nafar haydovchining avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi”, — deyiladi MIB axborotida.

Foto: MIB axborot xizmati

Qo‘shimcha qilinishicha, tadbir davomida qarzdorligi mavjud haydovchilardan 1 ming 364 ta qoidabuzarlik uchun 626 million 585 ming so‘m qarzdorlik undirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »