Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ikki yil avval o‘z uyini boshqa birovga sotgan fuqaro haligacha uyni yangi egasiga topshirmay, turli bahonalar bilan sud qarori ijrosini taʼminlashga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Maʼlum bo‘lishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumani 9 mavze 2-uy 73-xonadonda yashovchi fuqaro bundan 2 yil oldin o‘zi yashab kelayotgan uyini notarial tarzda sotgan. Ammo shu paytga qadar uyni sotgan shaxs uyning yangi egasiga xonadonni topshirmasdan, turli bahonalar bilan uydan chiqmay kelayotgandi. Uyni sotib olgan fuqaro mablag‘ zarurati yuzasidan xonadonni 3-shaxsga sotadi. Xonadonni sotgan fuqaro uning keyingi egasiga ham uyni topshirmay, turli bahonalar bilan vaqtni orqaga suravergan.

Shundan so‘ng mulk egasi qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining qarori bilan xonadonning sobiq egasi va uning voyaga yetmagan qizi uydan chiqarib, xonadonning qonuniy egasiga uy kaliti topshirish belgilanadi. Majburiy ijro byurosi xodimlari aynan shunday harakatlarni amalga oshirib, xonadon kalitini uyning qonuniy egasiga topshirdi.

Ammo muammoning yana bir tomoni: xonadonda sobiq uy egasining o‘g‘li, kelini va ularning farzandi ham yashab kelishgan ekan. Sud qarorida ularni uydan chiqarish ko‘rsatilmaganligi bois MIB xodimlari bundan vakolatga ega emasliklarini taʼkidlashgan. Xonadonda noqonuniy yashab kelayotganlar esa ixtiyoriy tartibda uydan chiqmasliklarini bildirgan. |

“MIB xodimlari qonun hujjatlarida ikki kishi ko‘rsatilganligini taʼkidlab, faqat shu ikki kishini chiqarishlarini aytyapti. Ulardan tashqari uyda yana ikki kishi bor. Lekin ularni uydan chiqarish MIBning vakolatiga kirmasligini aytishmoqda. Menga hozir kalitni berishdi, lekin uyda ikkita odam qolmoqda. Qanday qilib bu uyda yashashim mumkin? Men unday joyga kirib yashashni xohlamayman”, — deydi murojaatchi.

Ishki ishlar profilaktika xodimi ham xonadonning qonuniy egasi murojaatiga rad javobini bildirdi. Yaʼni birovning xonadoniga noqonuniy kirib olganlarni uydan chiqarish yoki ularga nisbatdan qonuniy chora ko‘rish ichki ishlar xodimining vakolatiga kirmasligini aytgan.

Holat yuzasidan “Daryo” muxbiri Majburiy ijro byurosi axborot xizmatidan izoh oldi.

“Xonadonda qarzdordan boshqa shaxslar ham istiqomat qilib kelgan, lekin ijro hujjatida mazkur fuqarolar keltirilmaganligi sababli ularga nisbatan ijro harakatlari amalga oshirilmadi.

Ushbu fuqarolarni ham majburiy tarzda chiqarishga oid sud qaror bo‘lsa, ijrosi albatta taʼminlanadi”, — deyiladi byuro axborotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »