Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 13,4 foizni tashkil etgan. Hududlar kesimida inflyatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri — 17,2 foiz va Toshkent viloyatida — 14,2 foiz, eng past darajasi Navoiy viloyati — 11,5 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 11 foiz sezilgan. 

Oktyabr oyida tadbirkorlar tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘rtacha 14,1 foizni tashkil etgan. Respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand — 17,3 foiz va Andijonda — 15,8 foiz, eng past ko‘rsatkich Namangan — 12,2 foiz va Qashqadaryoda — 12,4 foiz kuzatilgan.

Sohalar kesimida aholi tomonidan eng yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi OAV (15,8 foiz) va savdo (15,6 foiz) sohalarida, eng past sezilgan inflyatsiya tashish xizmatlari (11,5 foiz) sohasida qayd etilgan.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan eng yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi marketing (17,5 foiz) va tashish xizmatlarida (15,6 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi (12,5 foiz) va sog‘liqni saqlash (12,8 foiz) sohalarida sezilgan. 

O‘zbekistonda 2023-yilning oktyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Markaziy bank 2023-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 8,5–9,5 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilgandi2022-yilda yillik inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan2021-yilda bu ko‘rsatkich 9,98 foiz2020-yilda 11,1 foiz2019-yilda 15,2 foiz, 2018-yilda 14,3 foiz2017-yilda 14,4 foiz bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »