Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 45 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Voqea 29-noyabr kuni yuz bergan. Qoraqalpog‘istonlik erkak Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan ko‘prikdan o‘zini tashlagan.

Marhumning akasi suhbat davomida ma’lum qilishicha, ukasi shu yilning 26-noyabr kuni Toshkentga uning oldiga ishlash maqsadida kelgan, uni o‘zi ishlaydigan “T.A” MCHJga qarashli qurilish obyektiga brigadiri bilan suhbatga olib kirgan. Ammo ukasining tobi bo‘lmagani sababli ishlash uchun holi bo‘lmagan va shu sababli ukasi ishga kira olmagan.

29-noyabr kuni soat 06:00 lar atrofida ukasi bilan o‘zi vaqtinchalik istiqomat qilgan manzilda nonushta qilishgan, ukasi unga Qoraqalpog‘istonga qaytib ketishini, o‘sha yerda biror ish topishini aytgan. Shundan so‘ng aka ish joyiga chiqib ketgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »