Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari G‘arbiy Sohildagi Falastin shaharlarida reydlar o‘tkazmoqda, deb xabar berdi WAFA, Al Jazeera va Al Mayadeen mahalliy manbalar va muxbirlarga tayanib.

Foto: Anadolu

WAFA maʼlumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi mamlakat chegarasiga yaqin joylashgan al-Bira shahrini shturm qilmoqda. Askarlar aholi punkti yaqinidagi turar joy binolarida bir necha bor reydlar o‘tkazgan. Shunday holat Ramallah shahri shimoli-g‘arbida joylashgan al-Mazra al-G‘arbiya qishlog‘ida ham yuz bermoqda.

Al Mayadeen muxbiri Yatta shahrida falastinliklar va Isroil armiyasi o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil askarlari hududni shimol va janubdan o‘rab olgan. Isroil harbiylari G‘arbiy Sohil chegarasi yaqinida joylashgan Qalqilya shahrida ham reyd o‘tkazmoqda.

Al-Jazeera muxbirlari Isroil kuchlarining Xevron shahriga bostirib kirgani haqida xabar berib, qurbonlar va hibsga olishlar haqida ma’lumot yo‘qligini qo‘shimcha qildi. WAFA maʼlumotlariga ko‘ra, Jenin shahrida bir falastinlik Isroil harbiylari hujumidan yaralangan, yana bir kishi esa mashinada ketayotganida otib tashlangan.

Ma’lumot uchun Iordan daryosining G‘arbiy Sohili Falastin Ozodlik Tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. Uning rahbari Mahmud Abbos — Falastin prezidenti. Ushbu hudud poytaxti esa Ramallah shahri.

5-noyabr kuni Isroil G‘arbiy Sohildagi uchta shahar – Jenin, Nablus va Tulkarmda reydlar o‘tkazgandi. Ynet nashrining yozishicha, “Isroil harbiylari yerga yashiringan portlovchi qurilmalarni aniqlash va zararsizlantirishga uringan”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »