Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

AQSH armiyasining Tinch okeani qo‘mondonligi vakili Rob Fillips Nikkei Asia nashriga AQSH hukumati 2024-yilda Hind-Tinch okeani mintaqasiga o‘rta masofali raketalarni joylashtirish niyatida ekanini aytdi. Rob Fillipsning so‘zlariga ko‘ra, raketalarni joylashtirish “Xitoyga qarshi tiyib turish siyosatini kuchaytirish”ga qaratilgan.

Fillipsning aniqlik kiritishicha, gap 500 metrdan 2,7 ming km gacha bo‘lgan parvoz masofasiga ega SM-6 raketasi va Tomagawk qanotli raketasining yerdagi versiyalari haqida bormoqda.

Foto: Reuters

Raketalarning  joylashuvi sanasi noma’lum. Biroq Karnegi Fondining katta ilmiy xodimi Ankit Panda Nikkei Asia nashriga AQSH Guam orolidagi harbiy bazaga raketalarni joylashtirishni rejalashtirayotganini aytdi.

Nashrning qayd etishicha, bu joylashtirish 2019-yildan beri, yaʼni O‘rta va uzoq masofalarga mo‘ljallangan yadroviy kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma muddati tugaganidan beri birinchisi bo‘ladi.

1987-yilda AQSH va SSSR tomonidan imzolangan hujjat tomonlarni o‘rta (1-5,5 ming km) va undan qisqaroq (0,5-1 ming km) masofadagi barcha ballistik va qanotli raketa tizimlariga ega bo‘lmaslik, kelajakda bunday raketalarni ishlab chiqarmaslik yoki sinovdan o‘tkazmaslik majburiyatini yuklaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »