Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinda “OKMK” 4-dekabr, dushanba kuni “Eyr-Fors”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Abdulamir hisobni ochdi. Oradan 1 daqiqa o‘tib, Franko Atchu ajoyib gol bilan hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Muhammad Qosim “Eyr-Fors”ning uchinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda olmaliqliklar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 62-daqiqada Mirjahon Mirahmadov darvozani ishg‘ol qildi. O‘yin oxirida Martin Boake o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Uchrashuv “OKMK”ning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari C guruhida birorta ochko jamg‘ara olmay, eng so‘nggi 4-o‘rinni egalladi. 


OCHL

6-tur bahsi

4-dekabr, dushanba

“Eyr-Fors” – “OKMK” 3:2

Gollar: 1:0 — 14 Abdulamir, 2:0 — 15 Atchu, 3:0 — 42 Qosim, 3:1 — 62 Mirahmadov, 3:2 — 90+4 Boake.

“Eyr Fors”: 20. Muhammad Hamid, 2. Marufi (6. Sameh Said, 77), 7. Sharif Abdul Kadim, 24. Hasan Raed Matruk, 40. N’Diaye, 44. Hamud Mashan, 13. Atchu (5. Yusuf Favzi, 66), 19. Muhammad Qosim (14. Eduku, 74) 25. Saad Abdul Amir, 30. Mustafo Volid Fatla (16. Shihob Razzoq, 74), 88. Muhannad Abdulrahim (77. Ahmad al Sarori, 74).

“OKMK”: 25. Valijon Rahimov, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 3. Sardor Rahmonov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 29. Vitaliy Denisov, 4. Mirjamol Qosimov, 24. Murat Ermatov, 88. Siavash Haqnazari, 14. Mirjahon Mirahmadov, 27. Martin Boake, 10. Xurshid G‘iyosov.

Ogohlantirish: Mirjahon Mirahmadov (74).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »