Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

3-dekabr kuni Iroqdan Amerikaning Suriyadagi bazasiga 15 ta raketa uchirildi, deb xabar berdi AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) matbuot xizmati.

Foto: AP Photo
3-dekabr kuni Iroqdan Amerikaning Suriyadagi Rumeylan bazasiga 15 ta 122 millimetrli raketa uchib keldi. Xodimlar orasida jabrlanganlar yo‘q, jihozlarga shikast yetmadi, — deyiladi xabarda.

Qo‘mondonlik AQSH harbiylari raketalar uchirilgan joyni aniqlagani va bu maʼlumotlarni Iroq xavfsizlik kuchlariga yetkazganini qo‘shimcha qildi.

2-dekabr kuni “Iroq islomiy qarshilik”  shia harakati Erbil aeroportidagi AQSH harbiy bazasiga dron bilan zarba bergandi. Zarba G‘azo sektoridagi jinoyatlarga javob deb ataldi.

Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan beri Iroq va Suriyadagi AQSH harbiy bazalari va koalitsiya kuchlariga hujumlar tez-tez kuzatilmoqda. Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayderning aytishicha, hujumlar davomida o‘nlab amerikalik askarlar yengil jarohat olgan. U, shuningdek, bazalarga qilingan hujumlarni “kichik”, lekin “bezovta qiluvchi va xavfli” deb baholadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »