Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston va Qirg‘iziston topografik ishchi guruhlari davlat chegarasining yana 24,01 kilometr qismi ustidan kelishuvga erishdi. Bu haqda 5-dekabr kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati

Aniqlik kiritilishicha, ikki davlat rasmiylari o‘rtasidagi uchrashuvlar 29-noyabrdan 5-dekabrga qadar Tojikistonning So‘g‘d viloyati Bo‘ston shahrida davom etgan. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma tasdiqlandi. Hujjatni ishchi guruh rahbarlari – Tojikiston va Qirg‘iziston yer qo‘mitalari rahbarlari – Orif Xo‘jazoda va Nazirbek Bo‘ruboyev imzoladi.

Bundan tashqari, chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiya ishi doirasida har ikki respublika maxsus xizmatlari rahbarlari darajasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan va unda “asosiy qarorlar” qabul qilingan.

Xususan, endi ikki respublika bir-birining hududida joylashgan obyektlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Qirg‘iziston Tojikiston hududida foydalanadigan barcha obyektlarga doimiy, uzluksiz kirish imkoniyati bo‘ladi, biroq yer Tojikistonda qoladi. Tojikiston Qirg‘iziston hududida foydalanayotgan barcha obyektlar Tojikiston tomonidan abadiy foydalaniladi, yerlar esa Qirg‘iziston hududida qoladi. Bu masalani jamoatchilikka e’lon qilish eng asosiy voqea, — dedi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Saymo‘min Yatimov.

Uning aniqlik kiritishicha, tegishli kelishuvlar Vorux—Xo‘jay-Aalo yo‘li va Tort—Kocho hududiga taalluqli.

Qirg‘iziston tomonidan Qamchibek Tashiyev bu boradagi yangilikni tasdiqlab, tomonlar “to‘liq yechim” topishga yaqin ekanini qo‘shimcha qildi.

Qirg‘iziston hukumati, o‘z navbatida, qolgan hududlarni tavsiflash bo‘yicha ishlar Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishda davom etishini taʼkidladi.

2023-yilda, ayniqsa so‘nggi oylarda Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki tomonlama komissiya faollashdi – ishchi guruhlar doimiy ravishda uchrashuvlar o‘tkazmoqda. So‘nggi uch oyning o‘zida tomonlar davlat chegarasining qariyb 100 kilometri bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi.

3—7-oktyabr kunlari Botkenda ikki davlat topografik ishchi guruhlari yig‘ilishida tomonlar 43,32 kilomter, 12—18-oktyabr kunlari Sug‘d viloyatining Bo‘ston shahrida 13,98 kilometr chegara bo‘yicha kelishuvga erishdi. Noyabr oyi boshida Bo‘stonda bo‘lib o‘tgan topografik guruhlar yig‘ilishida davlat chegarasining yana 17,98 kilometri tasdiqlandi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »