Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida to‘rt nafar fuqaro noqonuniy tarzda elektromobillarni quvvatlash qurilmalaridan foydalanib kelayotgani aniqlandi, deb xabar beradi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tegishli tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahrining Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi elektromobillarni quvvatlash qurilmalarida texnik qoidalarga rioya qilinganligi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Xususan, Yakksaroy tumanida to‘rtta iste’molchi o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, elektr hisoblagichsiz, ko‘p qavatli uyning bosh taqsimlash shitiga ulangan holda, “Elektr hisob” dasturiga kiritmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan. 

Mazkur iste’molchilar elektr tarmog‘idan ajratildi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga yanvar-oktyabr oylarida xorijning 19 ta davlatidan 22 492 ta elektromobil olib kelingan. Olib kelingan elektromobillarning umumiy qiymati 582,3 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan import hajmi 6 barobardan yuqori o‘sgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »