Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Urushga safarbar qilinganlarning qarindoshlari Rossiya prezidentining “to‘g‘ridan to‘g‘ri efiriga” qadar frontdagi yaradorlar shaharni bosib olishi uchun Avdeyevkaga yuborilayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Vajnie Istorii” xabar berdi.

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-dekabr kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri efir va katta matbuot anjumani o‘tkazadi. Harbiylarning yuzdan ortiq qarindoshlari Putindan Avdeyevka yaqinida safarbar qilinganlarning “qasddan yo‘q qilish belgilariga” e’tibor berishni so‘radi. Rossiya prezidentiga murojaatida safarbar qilinganlarning yaqinlari o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat olgan harbiylarni hujum bo‘linmalariga jo‘natish buyurilganini da’vo qilmoqda.

“Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri efiri va Yangi yilga qadar shoshishmoqda. Qandaydir natija kerak ekan. Atrofdagilarning hammasi Avdeyevkani qo’lga olamiz, keyin muzokaralar olib boramiz, deb aytishmoqda”, — dedi safarbar qilinganlardan birining rafiqasi.

Safarbar qilinganlar o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi mudofaa kuchlarida xizmat qilgan, shundan so‘ng ular frontga jo‘natilgan. Harbiylarning qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, “yigitlarning hech biri bu mavzuda hech narsa imzolamagan”.

Avdeyevka yaqinidagi “hujum brigadalari”dagi harbiylarning o‘rtacha yoshi 40 yoshdan oshadi, deyiladi prezidentga murojaatda, ularning aksariyati safarbarlikdan keyin taʼtilga chiqmagan. Putinga mazkur maktubni 100 dan ortiq kishi imzolagan.

Rossiya armiyasining Avdeyevkaga ommaviy hujumi oktyabr oyidan beri davom etmoqda. Britaniya razvedkasi Avdeyevka yaqinida rus qo‘shinlari yil boshidan beri eng katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lganini da'vo qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »