Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi Toshkent shahar IIBB binosida Baxtiyor Qudratullayevga doir ishni ko‘rib chiqdi. Toshkent shahar sudi axborot xizmati ushbu ma’lumotni “Daryo”ga tasdiqladi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Sud qarori matnida keltirilishicha, 29-noyabr kuni Baxtiyor Qudratullayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimini qonuniy talabini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud qarori bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Avvalroq 1971-yilda tug‘ilgan Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodensining 165-modda 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 276-modda 2-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) bilan gumonlanib qo‘lga olingani aytilgandi. 

Bundan oldin Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev qo‘lga olingandi. 1950-yilda tug‘ilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayevich (248-modda 1-qismi, o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »