Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh Jalolobod shahrida metan quyish shoxobchasi yo‘q. Yo‘lovchi avtobusi haydovchilari yonilg‘i quyish uchun O‘zbekistonga borishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Foto: “24.kg”

Oktyabr oyida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Jalolobod shahriga 50 ta avtobus topshirgandi.

Haydovchilar har kuni O‘zbekiston chegarasigacha 100 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishadi, u yerda navbatga turishadi, chegarani kesib o‘tishadi, yonilg‘i quyib, yana orqaga qaytishadi. Ushbu protsedura bir kun vaqt oladi. Ular bir kun ishlaydi, bir kun yonilg‘i quyadi, — deb yozgan X (sobiq Twitter) foydalanuvchisi.

Vaziyat bo‘yicha  “24.kg” nashriga izoh berar ekan, Jalolobod hokimligi hududda hali metan quyish shoxobchasini qurishga ulgurmaganini ta’kidladi.

Avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari qurilishidan oldin avtobuslarni yo‘lga qo‘yish xalqning talabi bo‘ldi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaraga borish unchalik qimmat emas. Davlat rahbari Sadir Japarov kutilmaganda shahar bayramiga (avtobuslar) sovg‘a qilgani bois, mahalliy hokimiyat idoralari yonilg‘i quyish shoxobchasi qurishga ulgurmadi. Xudo xohlasa, 20-dekabrgacha obyektni quramiz va haydovchilar chegaraga chiqmaydi, — dedi hokimlikdagilar.

Ularning ma’lum qilishicha, homiy mablag‘lari hisobidan Suzoq tumanida yangi yonilg‘i quyish shoxobchasi qurilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »