Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bishkekda barcha bekatlarda konditsioner va Wi-Fi o‘rnatiladi. Bu haqda Bishkek meri Emilbek Abdiqodirov ma’lum qildi.

Amaldorga ko‘ra, yaqin vaqt ichida shahardagi barcha avtobus bekatlari yagona standart bo‘yicha o‘zgartiriladi. Ayni paytda avtobus bekatlarini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 25 ta bekat quriladi.

Hozirda 4 ta yangi ta’mirdagi bekat faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaqin kunlarda yana 11 tasi quriladi. Yangi bekatlar yozda salqinlikni, qishda esa issiqlikni ta’minlaydi. Ular videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanadi.

Tadbirkorlar besh yilga bekatlarni ijaraga olishi va u yerda markali savdo avtomatlari va boshqa jihozlarni o‘rnatishi mumkin. Biroq bekatlarda spirtli ichimliklar, sigaretalar va tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.

Rekonstruksiyaning birinchi bosqichida Manas/Aytmatov, Chuy prospektlari hamda Abdrahmonov/Baytik Baatir ko‘chasidagi bekatlarni yangilash rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »