Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Energetika vazirligi qishda elektr isitish tizimidan foydalanishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazir o‘rinbosari Taalaybek Baygaziyevga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Illyustrativ foto: Freepik

Baygaziyev isitish mavsumida aholini elektr toki bilan ta’minlashda uzilish bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Suv taqchilligi tufayli elektr isitish tizimini butunlay taqiqlash niyatidamiz. Elektr uzatishda hech qanday o‘chirish bo‘lmaydi. Biz elektrni uzluksiz ta’minlaymiz, shunchaki tejash rejimiga o‘tamiz.
Har bir uy zarur miqdorda elektr energiyasini oladi. Jarayon boshida va oxirida radio, televideniye orqali elektr energiyasini tejash zarurligi haqidagi reklama roliklarini ko‘rsatamiz. Lekin muzlatkich, televizor va elektr pechkalar uchun elektr bo‘ladi”, — dedi Taalaybek Baygaziyev.

Amaldor elektr energiyasi importi masalasi hal qilinayotgani, Qirg‘iziston uni Rossiya va Turkmanistondan sotib olishini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »