Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In onalar bilan yig‘ilishdagi nutqi davomida mamlakatda tug‘ilish ko‘rsatkichi haqida gapira turib, yig‘ladi.

Videodan kadr

Hodisa Kim tomonidan uyushtirilgan Milliy onalar yig‘ilishida yuz berdi, u mamlakatda tug‘ilish darajasining pasayishni to‘xtatish ayollar zimmasida ekanini ta’kidlar ekan, yig‘lay boshladi, deb yozadi ITV.

Tug‘ilishning kamayishini to‘xtatish, bolalarga yaxshi g‘amxo‘rlik va ta’lim-tarbiya berish bizning oilaviy muammolarimizdir, uni onalarimiz bilan birgalikda hal qilishimiz kerak, — dedi u o‘zining kirish so‘zida.

Shimoliy Koreyaning demografik tendensiyalari haqida batafsil ma’lumot olish cheklangan statistika tufayli juda qiyin bo‘lsa-da, Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 10 yil ichida doimiy ravishda pasayib borayotganini taxmin qiladi.

Sanksiyalarga uchragan Pxenyan o‘z iqtisodiyotini saqlab qolish uchun ishchi kuchiga qaram ekani sababli, tug‘ilishning pasayishi mamlakat uchun tashvishli.

Kim Chen In oxirgi marta 11 yil oldin ayollarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirgan.

Janubiy Koreya hukumat statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti yoki ayolning umri davomida tug‘ilishi kutilayotgan o‘rtacha farzandlar soni 2022-yilda 1,79 ni tashkil etdi, 2014-yilda bu 1,88 edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »