Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida qisqa muddatda prokuratura organlari aralashuvi natijasida 300 ga yaqin jiddiy muammolar bartaraf etilishiga erishildi. Bu haqda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan maqolasida ma’lum qilindi.

Foto: Bosh prokuratura departamenti

Qayd etilishicha, Konstitutsiya normalarini qo‘llashga qaratilgan amaliy saʼy-harakatlar ko‘p vaqtdan buyon dolzarb bo‘lib turgan va aholini tashvishga solayotgan muammolar yechimini topishda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va issiqlik tarmoqlari barpo etildi, gaz taqsimlash, transformator punktlari, suv nasoslari hamda qozonxonalar yangilandi, ko‘p xonadonli uylar va ularning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari taʼmirlandi.

Ko‘mir mahsulotlarini joylarga barqaror yetkazib berishni taʼminlash maqsadida Bosh prokuraturada Respublika shtabi va prokurorlar ishtirokidagi hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi. Ko‘mirni talon-toroj qilishning oldini olish maqsadida hududiy ombor va mavsumiy shoxobchalarga prokuratura va boshqa tuzilmalar vakillari biriktirildi.

Talon-toroj ehtimoli mavjud bo‘lgan temir yo‘l bekatlari aniqlanib, ko‘mirning isteʼmolchilarga xavfsiz va to‘liq yetkazib berilishini taʼminlash uchun mazkur bekatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari masʼul etib belgilandi va patrul avtomashinalari ajratildi.

Natijada bugungi kunda barcha isteʼmolchilarga ko‘mirni o‘z vaqtida va yetarli hajmda yetkazish imkoniyati yaratildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »