Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Time jurnali amerikalik xonanda Teylor Sviftni “Yil odami” deb topdi. U bu maqomga da’vogar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinni ortda qoldirdi.

Foto: Getty Images

Rossiya va Xitoy rahbarlaridan tashqari, Time jurnalining 2023-yilgi “Yil odami” unvoniga nomzodlar ro‘yxatiga quyidagilar ham kiritilgan:

  • Buyuk Britaniya qiroli Charlz III;
  • Greta Gervigning “Barbi” filmida bosh qahramonga aylangan Barbi qo‘g‘irchog‘i;
  • Gollivud ssenaristlari va aktyorlarining ish tashlashi ishtirokchilari;
  • OpenAI bosh direktori Sem Altman;
  • AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning sudlarida qatnashgan prokurorlar;
  • AQSH Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauell.
“Bu men boshdan kechirgan eng g‘ururli, eng baxtli, ijodiy va erkin tuyg‘u”, — deya Svift munosabat bildirdi.


Svift Eras Tour jahon turlarida qatnashadi, bu ayol xonandaga eng yuqori daromad keltiruvchi gastrolga aylandi. Oktyabr oyida xuddi shu nomdagi film tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan konsert filmiga aylandi.

Bloomberg nashriga ko‘ra, uning musiqiy albom, konsertlar, gastrol va turli reklamalar orqali orttirgan boyligi 1,1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Teylor tarixda musiqasidan milliard dollardan ko‘proq daromad olgan birinchi xonandaga aylandi.

  • Time nashri 1927-yildan beri “Yil odami”ni e’lon qiladi. Reytingni yil davomida matbuot sarlavhalariga eng katta ta’sir ko‘rsatgan “shaxs, shaxslar guruhi yoki hodisa” boshqaradi. 2022-yilda “Yil odami” unvonini Vladimir Zelenskiy qo‘lga kiritgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »