Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino olamida karyera qurish uchun faqat iste’dodning o‘zi yetarli emas. Ba’zi aktyorlar bitta rol o‘ynab, uni shunchalik yaxshi ijro etishadiki, boshqa barcha loyihalari omadsizlikka uchraydi. Misol uchun, Tobi Maguayr hali ham tomoshabinlar uchun o‘rgimchak odam bo‘lib qolmoqda, garchi u boshqa filmlarda ko‘plab yorqin rollarni o‘ynagan bo‘lsa ham.

Emiliya Klark

 
 
Foto: AdMe

Olamshumul mashhurlik aktrisaga “Taxtlar o‘yini” serialidan keyin keldi. Emiliya iste’dodli aktrisa, u turli xil qahramonlarni tasvirlay oladi, ammo u ishtirokidagi “Taxtlar o‘yini”dan keyingi barcha yirik filmlar kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Emiliya yaxshi o‘ynagan bo‘lsa-da, “Terminator Genezis” filmi ham omadsizlikka uchradi. Keyinchalik Klark prodyuserlar film davomini suratga olmaslikka qaror qilganda, yengil tortganini tan oladi.

Tanqidchilar “Xan Solo: yulduzlar jangi” filmi aktyorlarini yuqori baholashdi. lekin zerikarli va sayoz ssenariy uchun film ijodkorlari tanqid qilindi. Natijada bu film ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Aftidan, Deyneris roli hozircha aktrisa filmografiyasidagi eng muhimi bo‘lib qolmoqda.

Emma Uotson

Foto: AdMe

Aktrisalikni yoshligidan boshlagan va uzoq davom etgan franshizalarda rol o‘ynagan ko‘plab aktyorlar singari Emma ham o‘zining eng mashhur rolining asiriga aylanib qoldi. Uotson yuqori darajadagi loyihalarga taklif qilinadi, ko‘plab tanqidchilar uning ishini e’tirof etadi, ammo tomoshabinlar uning boshqa obrazlariga o‘rganolmaydi.

Mina Suvari

Foto: AdMe

2000-yillarning boshlarida Mina tom ma’noda ekranlardan tushmadi. U bir nechta muvaffaqiyatli filmlarda, jumladan “Amerikacha go‘zallik” filmida rol o‘ynagan. Ko‘pgina tomoshabinlar hali ham aktrisani ushbu film bilan bog‘lashadi.

Keyingi yillarda Suvari qayergadir g‘oyib bo‘lgandek tuyulishi mumkin, lekin aktrisa filmlarda suratga tushishdan to‘xtamadi. Shunchaki keyingi birorta ham filmi katta muvaffaqiyatga erisha olmadi.

Tobi Maguayr

Foto: AdMe

Aktyor komedik rollarni ham, dramatik rollarni ham mahorat bilan ijro etadi. Uning to‘plamida juda ko‘p mashhur filmlar bor, lekin ko‘pchilik tomoshabinlar uni hali ham “O‘rgimchak odam” trilogiyasi bilan bog‘lashadi. Maguayrning filmografiyasida “Shovvoz Getsbi” filmidagi Nik roli ham bor, garchi uning ijrosi tanqidchilarni qoniqtirmagan bo‘lsa ham.

Ba’zilar mazkur filmda Tobini payqash qiyinligini ta’kidlaydi. Ammo ko‘pchilik uning “Piyodani qurbon qilib” biografik dramasida Bobbi Fisher rolidagi reenkarnatsiyasini yoqtiradi, afsuski film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Keti Holms

Foto: AdMe

“Douson ko‘rfazi” teleserialidagi qo‘shni qiz roli aktrisaga dunyo miqyosida shuhrat keltirdi. Loyiha 6 fasldan so‘ng bekor qilinganida Ketining nomi allaqachon uning qahramoni Joui Potter bilan chambarchas bog‘liq edi. Keti juda ko‘p rol o‘ynadi va turli janrdagi filmlarda suratga tushdi, lekin boshqa rollaridan hech biri bunday muvaffaqiyatga erishmagan.

Aktrisaning “Betmen” filmidagi chiqishi ko‘pchilikka yoqmadi. Holms boshqa aktyorlarga nisbatan zerikarli deb ataldi. Tanqidchilar uning “Kennedilar: Kamelotdan so‘ng” teleserialidagi ishidan unchalik qoniqmagan.

Kerri-Enn Moss

Foto: AdMe

Aktrisa 80-yillar oxiridan beri filmlarda rol o‘ynagan, ammo “Matritsa” trilogiyasidagi ishtiroki unga olamshumul shuhrat keltirdi. Triniti roli Moss uchun kult rolga aylandi, ammo boshqa loyihalarning hech biri mashhurlikda ushbu filmga yaqinlasha olmadi. Hatto Kerri-Ennning Marvel loyihalaridan birida ishtirok etishi ham ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolib ketdi.

Josh Hatcherson

Foto: AdMe

Aktyor “Hayot-mamot o‘yinlari” franshizasida Pit Mellark roli tufayli shuhrat qozongan. Garchi bu obraz asosiy bo‘lmasa-da, Hatcherson uni juda yorqin va qiziqarli qilishning uddasidan chiqdi.

Sagadagi so‘nggi film chiqqandan so‘ng Hatcherson ekranlardan g‘oyib bo‘lgandek bo‘ldi, bu uning muxlislarini hayratda qoldirdi. Aslida aktyor mustaqil filmlarda rol o‘ynashni afzal ko‘rgandi.

Yaqinda uning ishtirokidagi 2 ta yirik film ekranlarga chiqadi, Hatcherson olamshumul muvaffaqiyatini takrorlay oladimi, yo‘qmi ko‘ramiz.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »