Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Telegram messenjeridagi kanallarda Damas rusumli tez yordam avtomobillarining metan zapravkada navbatda turgani aks etgan suratlar tarqaldi. Avtomobillarning davlat raqamlaridan voqea Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgani aniqlandi.  

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining “Daryo”ga bildirishicha, tez yordam avtomobillarining metan gaz quyish uchun navbatda turgani rost bo‘lib chiqqan. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 6-dekabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali Toshloq tuman tez tibbiy yordam stansiyasiga qarashli jami 5 dona Damas rusumdagi tez yordam avtomashinasi soat 9:40 larda Toshloq tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasi ishlamay qolganligi sababli Marg‘ilon shahridagi “Universal grant” metan quyish shoxobchasiga gaz quyish uchun borgan. U yerda tez tibbiy yordam uchun alohida yo‘lak tashkil etilganligiga qaramay, Marg‘ilon shahar stansiyasiga qarashli tez tibbiy yordam avtomashinalari bilan bir vaqtda kelib qolganligi natijasida navbat yuzaga kelgan, — deydi mas’ullar voqeani izohlar ekan.

Boshqarma axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, mazkur muammo yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan mutasaddilar ogohlantirilib, ularga chora ko‘rilgan. 

Hozirda barcha avtomashinalar o‘z joyida harakatlanmoqda, — deyiladi mas’ullar ma’lumotida.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Daryo” nashriga bergan intervyusida joriy yilgi qish mavsumida benzin va metan gazi yetarli bo‘ladimi, degan savolga javob berib, “metan zapravkalarda qandaydir taqchillik kuzatilsa, o‘sha hajmga teng ravishda benzinni qo‘shimcha ravishda bozorga isteʼmol uchun chiqaramiz”, degandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »