Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjatga ko‘ra, soliq organi QQS guvohnomasini faqatgina amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmagandagina to‘xtatib turishi mumkin.

Maʼlumot uchun, QQS guvohnomasi — QQS to‘lovchisiga soliq organi tomonidan beriladigan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va soliq qonunchiligi hujjatlarida belgilangan hollarda QQS hisobga olish huquqini tasdiqlovchi elektron shakldagi hujjat.

Bunda guvohnoma 30 kun muddatda to‘xtatib turiladi. Ushbu muddatda kameral hamda sayyor soliq tekshiruvlari natijasiga ko‘ra ushbu holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganda, guvohnomaning amal qilishi qayta tiklanadi.

Ilgari soliq organlari guvohnomaning amal qilishini quyidagi holatlarda to‘xtatib turish vakolatiga ega bo‘lgan:

  • soliq qarzi mavjud bo‘lganda;
  • soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga mansub bo‘lganda;
  • hamda 3 oydan ortiq vaqt davomida moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganda. 

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023 yil 5-dekabrdan kuchga kirdi.

Noyabr o‘rtalarida davlat korxonalari hamda o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmani 2028-yil 1-yanvarga qadar QQSdan ozod qilish nazarda tutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »