Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH rasmiylari 2024-yil oxirigacha Rossiyani Ukraina shartlari bo‘yicha muzokaralarga undashni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari Jonatan Fayner ma’lum qildi. Unga ko‘ra, agar Rossiya Ukraina shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormasa, Ukraina AQSH va Yevropadan yanada ko‘proq yordam oladi.

Foto: Reuters
Kelasi yil oxirida ukrainaliklar shunday pozitsiyada bo‘lishini istardikki, Rossiya qaror qabul qilishga majbur bo‘lsin: Rossiya butun Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlovchi BMT Nizomiga asoslanib, Kiyev uchun maqbul shartlar asosida muzokaralar stoliga o‘tiradi yoki ular AQSH va Yevropaning kuchli sanoat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchliroq Ukraina bilan shug‘ullanadi, — dedi Fayner Aspen universitetida bo‘lib o‘tgan konferensiyadagi nutqida.

Oq uy vakilining ta’kidlashicha, AQSH rasmiylari aynan shunday “dilemma”ni Rossiya rahbariyati oldiga qo‘ymoqchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga erishish uchun 2024-yildan keyin Qo‘shma Shtatlar o‘zining harbiy-sanoat bazasi ishlab chiqarish hajmlarini oshiradi. Bundan tashqari, AQSH allaqachon ukrainaliklar bilan harbiy sanoatini oshirish bo‘yicha ishlamoqda. Shu bilan birga Jonatan Fayner Ukraina armiyasining Rossiya hududlariga zarbalarini qo‘llab-quvvatlamadi va bunday hujumlarni AQSH rasmiylari muvofiqlashtirmayotganini ta’kidladi.

Noyabr oyida amerikalik jurnalist Seymur Hersh anonim manbalarga tayanib, Rossiya va Ukraina yuqori martabali harbiy rahbarlar orqali maxfiy muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandi. Bu maʼlumotni Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yuriy Shvitkin inkor qildi. Bu yo‘nalishdagi barcha harakatlar prezident va Mudofaa vaziri tomonidan muvofiqlashtirilganini taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »