Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qamchiq dovonida qor yog‘a boshladi. Bu haqda “Daryo”ga “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, A373 M39 avtomobil yo‘lining Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida havo bulutli bo‘lib, ba’zi hududlarida yomg‘ir, ba’zi joylarida esa qor yog‘moqda. 

Yo‘llarda ko‘rish darajasi 900 metrni, shamol 3—7 metr/sekundni, havo harorati +1 darajani tashkil etmoqda. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun  qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda, — deydi bu haqda xabar bergan mas’ul.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda dovonda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. 

“Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK barcha haydovchilarga ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi, — deydi mas’ul.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »