Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaga kelganiga 3 kun bo‘lgan o‘zbekistonlik qizni majburlab erga berishmoqchi bo‘lishgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tarqalgan xabarlarda “O‘zbek ayollarining huquqini himoya qilish” jamiyatiga 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yordam so‘rab murojaat qilib, o‘ziga tanish bo‘lgan ayollar unga Turkiyada ish bor deb chaqirgani, Turkiyaga kelganidan keyin esa uni Turkiya fuqarosiga majburlab turmushga bergani aytilgan.

Mazkur holat 24-oktyabr kuni tasvirga olingan bo‘lib, Istanbul shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi “O‘zbek ayollarining huquqini himoya qilish” jamiyati (keyingi o‘rinlarda – jamiyat)ga yordam so‘rab murojaat qilgan 2003-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyatida yashovchi I.Sh. ismli qiz bilan bog‘liq voqeaga aloqador. 

Fuqaro I.Sh. sentyabr oyida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, hozirgi vaqtda Turkiya fuqaroligini qabul qilgan, 1990-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan O.P. ismli ayol bilan oldindan kelishgan holda Turkiya fuqarosiga turmushga chiqishga rozi bo‘lgan va Istanbul shahriga kelgan. U yerdan Burdur shahriga jo‘nab ketgan.

Biroq Burdur shahrida turmush qurishi lozim bo‘lgan yigit I.Sh.ga ma’qul kelmagani sababli u turmushga chiqishni rad etgan. Shundan so‘ng fuqaro I.Sh. va uni O‘zbekistondan Turkiyaga samolyotda uchib kelish uchun chipta xarid qilgan fuqaro I.P. o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. 

Bosh konsulxona va jamiyat hamkorligida Burdur shahar politsiya idorasiga murojaat qilinib, 23-oktyabr kuni uni Istanbul shahriga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi. Fuqaro I.Sh. hozirgi vaqtda fuqaro I.P.ga nisbatan da’vosi yo‘qligini, shuningdek, bir oz muddat Istanbul shahrida qolib, mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »