Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH hukumati Iroq poytaxti Bag‘doddagi Amerika elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qoraladi va voqea yuzasidan tergov o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda AQSH davlat departamenti saytida aytiladi.

Foto: Reuters

Vashington voqeada Tehronni aybladi.

“Iroqda erkin faoliyat yuritayotgan Eronga aloqador ko‘plab jangarilar Iroq xavfsizligi va barqarorligiga, bizning xodimlarimizga va mintaqadagi hamkorlarimizga tahdid solmoqda. Iroq bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy bu hujumlarni terakt deb ataganda haq edi”, — deyiladi departament bayonotida.

Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan keyin Iroq va Suriyadagi Amerika harbiy bazalariga tez-tez hujumlar kuzatilmoqda. 9-noyabr kuni Iroq Kurdistonidagi amerikalik harbiylar joylashgan aviabazaga ikkita kamikadze dronlari hujum qildi. Keyinroq, 3-dekabr kuni Al Mayadeen va Al Hadath Erbil aeroportidagi AQSH harbiy bazasiga uchuvchisiz uchoq zarbasi berilgani haqida xabar qilindi. Vashington Isroilni qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor ta’kidlagan.

1-dekabr kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken al-Sudaniy bilan muzokaralar olib bordi va Iroq AQSH harbiy bazalarini himoya qilish hamda ularga hujum qilganlarni ta’qib qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi kerakligini aytdi.

8-dekabr kuni ertalab Bag‘doddagi AQSH elchixonasi joylashgan hudud raketalardan o‘qqa tutildi. Diplomatik missiya yaqinida portlash ovozlari eshitildi, binoning o‘zida ogohlantiruvchi signal yangradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »