Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

8-dekabr kuni O‘zbekistonning bir nechta hududlarda qor yog‘di. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 9—14-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

 
Foto: “Daryo”

9-dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10-dekabrda shimoliy va cho‘l hududlarida, 11-dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12—14-dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

Harorat sovib ketishi holati anomal darajaga qachon o‘tishi haqida iqlimshunos Erkin Abdulahatov tushuntirish berdi.

Erkin Abdulahatov
 
Foto: “Daryo”

Iqlimshunosning aytishicha, anomal sovuqqa taʼrif Vazirlar Mahkamasining 501-sonli qarorida qayd etilgan.

Anomal sovuq ob-havo — oktyabr oyidan aprel oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida iqlimiy meʼyordan 7 gradus va undan past bo‘lgan o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘rsatkichlari.

Hozirgi kutilajak sovuqlik to‘lqini hududlarda ketma-ket besh kun iqlimiy meʼyordan 7 darajadan past haroratlarni bermasligi maksimumga yaqinlashgan va bu to‘lqinga anomal sovuq ob-havo taʼrifini berish noo‘rin, — deydi Erkin Abdulahatov.

Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblari asosida Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9—10-dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11—12-dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi ma’lum qilingandi.

“O‘zgidromet” keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, “Favqulodda gidrometeorologik ma’lumot” maxsus xabari bilan e’lon qilinishini bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »