Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kelayotgan qishda anomal sovuq kuzatilsa, mamlakatdagi zapravkalarga va GTL zavodiga gaz yetkazib berish hajmi qisqartiriladi. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida maʼlumot berdi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov

Foto: “Daryo”

Vazirning aytishicha, 2022-yildagi anomal sovuq davrida mamlakatda kunlik 21,6 million kubometr gaz taqchil bo‘lgan.

“Hozirda shuncha miqdorning o‘rnini qoplash manbalari bo‘yicha aniq hisob-kitoblar qilindi. Eng avvalo, qishga tayyorgarlik doirasida yerosti omborlarida 3,5 milliard kubometr tabiiy gaz zaxirasi yaratildi. Yerosti gaz saqlash omborlaridan o‘tgan yili kunlik 18–20 million kubometr tabiiy gaz olingan bo‘lsa, bu yil kuniga 35–40 million kubometrgacha olish imkoni bo‘ladi. Anomal sovuq kunlari GTL zavodiga 5 million kubometr gaz berishni qisqartiramiz. Shu bilan birga, zapravkalarga ham gaz berishni 30 foizga qisqartirish hisobidan gaz defitsiti qoplanadi. Hozirda zapravkalarga kuniga 15 million kubometr gaz yetkazib berilmoqda”, — dedi vazirlik rahbari.

Jo‘rabek Mirzamahmudovning qo‘shimcha qilishicha, kuz-qish davrida respublikada tabiiy gazga bo‘lgan umumiy talab 28 milliard kubometrni tashkil etishi (2022-yilgidan 2,5 milliard kubometr ko‘p) kutilmoqda. Joriy mavsumda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 16,2 milliard kubometr, xorijiy va qo‘shma korxonalar tomonidan 10 milliard kubometr tabiiy gaz qazib chiqarish taʼminlanadi.

“Erishilgan kelishuvlarga asosan, qo‘shni davlatdan hamda shimoldan qo‘shimcha gaz import qilib, ichki bozorga yo‘naltirishni taʼminlayapmiz”, — deya taʼkidlagan vazir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »