Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublikada 296 ta neft-gaz koni mavjud bo‘lib, ularda jami 1 trln 854 mlrd kub metr gaz zaxiralari bor. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Qashqadaryoga uyushtirilgan press-turda ma’lumot berildi, deya xabar qildi “Daryo” muxbiri. 

 
 

Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

 

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli 122 ta neft-gaz konida respublika umumiy zaxirasining teng yarmi — 933 mlrd kub metr gaz zaxirasi mavjud. Xususan:

  • “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” konlarida — 305,3 mlrd kub metr (33 foiz);
  • “Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi” konlarida — 259,4 mlrd kub metr (28 foiz);
  • “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” konlarida — 174,8 mlrd kub metr (19 foiz);
  • “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” konlarida — 191,4 mlrd kub metr;
  • “Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” konlarida — 2,3 mlrd kub metr gaz zaxiralari mavjud.

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodir Sidiqovning maʼlum qilishicha, geologik-qidiruv yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar doirasida Qoraqalpog‘istonning Ustyurt regionida yirik gaz zaxiralari istiqbolini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

 

 
Bahodir Siddiqov
 
Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Usmonov

“Hozir u yerda burg‘ulash ishlari ketmoqda. Ustyurt mintaqasidagi G‘arbiy quyi Surgil konida 6 500 metr chuqurlikka yangi parametrik quduqni burg‘ilash ishlari boshlandi. Bugungi kunda uning burg‘ulangan qismidagi chuqurlik 3 900 metrni tashkil qilmoqda. Yil yakuni bilan ushbu quduqdan olinadigan geologik maʼlumotlar orqali Ustyurt xududining istiqbolli qatlamlari ochilishiga zamin bo‘ladi.

Bugungi kunda 122 ta konlarda 933 mlrd kub metr zaxiramiz bo‘lsa, Ustyurt mintaqasida joylashgan istiqbolli maydonlarda katta miqdordagi gaz zaxiralari borligi taxmin qilinmoqda. Bu o‘z navbatida istiqbolli konlarimiz Ustyurt mintaqasida ochilishini ko‘rsatmoqda. Buni nafaqat o‘zimizning geologlar, balki dunyoda ilg‘or kompaniyalardan hisoblangan BCG hamda Schlumberger kompaniyalari tomonidan chuqur o‘rganishlar olib borilgan, ularning tegishli mutaxassislari tomonidan ham ushbu fikrlar bayon qilingan. Natijalar esa dekabrda aniq bo‘ladi”, — dedi kompaniya rahbari.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Usmonov aholi va biznesning energetikaga bo‘lgan talabi tez o‘sib borayotganini aytgandi.

“Hali ko‘p gazimiz bor. Gaz qazib olish hajmi kamaygani yo‘q. Hozir ishlab chiqarilgan gaz yetishmasligi aholi sonining oshayotgani bilan bog‘liq. Odamlar ham ko‘paymoqda, ishlab chiqarish quvvatlari ham oshmoqda. Yaʼni energetikaga talab juda yuqori. To‘g‘ri, asosiy va eng yirik konlarimizda ishlab chiqarish pasaymoqda. Buning oldini olish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti. Xususan, yangi konlar, quduqlarni burg‘ilash ishlari olib borilyapti. Bu yil ham bir nechta yangi konlar ochilishi rejalashtirilgan”, — degan u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »