Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Daryo” nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Unda energetika tizimining qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, metan zapravkalardagi turnaqator navbatlar, AES qurilishi va toifalangan to‘lovlar hamda ayrim nopok isteʼmolchilar haqida so‘z boradi.

Vazir suhbat avvalida Toshkent shahrida tarixda birinchi marta yuqori kuchlanishli kabel yer ostidan olib o‘tilganini aytib o‘tdi.

“Traktorsoz podstansiyasidan Toshkent City'gacha, Yunusobod podstansiyasidan Yunusobod City podstansiyasigacha yoki qolgan hududlarda ham yerosti kabellarini yotqizdik. Birinchi marta yer ostining ayrim joylarida infrastrukturaga ziyon yetkazmaslik maqsadida maxsus burg‘alash orqali trubalarda kabel o‘tkazdik”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Uning maʼlum qilishicha, kelgusi 2024-yilda aholi uchun elektr energiyasi bo‘yicha tariflarni oshirish rejalashtirilgan.

“Tabaqalashning asosiy maqsadi odamlarni biroz tejashga o‘rgatish. Aholi orasida 10 ming kilovattdan yuqori isteʼmol qiladigan xonadonlar bor ekan. Ularning umumiy isteʼmoli Respublika isteʼmolining 7-8 foizni tashkil qiladi”, — dedi energetika vaziri.

Suhbatning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube kanalida ushbu havoli orqali tomosha qiling.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »