Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning 60 foiz qismi gigant sovuq antisiklon taʼsirida. Mazkur antisiklon markazi (yadrosi) Ural va Volgabo‘yida bo‘lib, uning taʼsiri asta-sekin janubiy sharqqa tomon “surilmoqda”. Qozog‘iston shimolida esa allaqachon -35°C sovuq harorat ro‘yxatga olindi. Mazkur harorat O‘zbekistonga qay darajada taʼsir qilishi yuzasidan iqlimshunos Erkin Abdulahatov tushuntirish berdi.

Erkin Abdulahatovning aytishicha, Rossiyaning ko‘plab hududlarida so‘nggi 40 yillikda bu kabi sovuqlik kuzatilmagan.

11—13-dekabr kunlari ushbu antisiklonning janubiy chekka qismi O‘zbekistonning kattagina hududiga taʼsir qila boshlaydi.

13-dekabrdan boshlab shimoldan haroratning biroz yuqori ko‘tarilib borish hodisasi mazkur sovuqlik to‘lqinining O‘zbekistonda uzoq davom etmasligini ko‘rsatadi, — deydi iqlimshunos.

Markazda atmosfera bosimi 1064 gPa bo‘lgan gigant sovuq antisiklonning taʼsir zonasi

Uning taʼkidlashicha, O‘zbekiston uning faol davrida ham janubiy chekka qismida turibdi.

Bu, gigant sovuq antisiklon O‘zbekistonga kuchli taʼsir etmaydi degani. Agarda, mazkur antisiklonning markazi Qozog‘iston markazidan o‘tganda bormi O‘zbekiston anomal sovuqlik qarshisida bo‘lardi.

Mana shu havo oqimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyati shimolida (deyarli aholi yashamaydigan hududlar) haroratni sezilarli darajada pasaytirish kuchiga ega.

Janubda esa aksincha haroratning o‘zgarayotganini aholi deyarli sezmaydi ham, — dedi u.

Iqlimshunosning qo‘shimcha qilishicha, ushbu sovuqlik bizda mavsumiy kasalliklar kamayishiga olib keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »