Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avstriya 2023-yilda Yevropadagi eng baxtli davlat deb topildi. Bu haqda Yevrostat ma’lumotlariga tayanib, Independent xabar berdi.

Foto: Getty Images

Avstriya barcha Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda o‘tkazilgan so‘rovlar asosida hayot sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha 10 balldan 7,9 ball to‘pladi. Avstriya blokning 27 a’zosi ichida eng baxtli davlat sifatida tan olindi. Ikkinchi o‘rinni Polsha, Finlyandiya va Ruminiya egallab, 10 balldan 7,7 ball to‘pladi, Bolgariya esa eng past ball – umumiy hayotdan qoniqish indeksi bo‘yicha olti balldan (5,6) kam to‘plagan yagona davlat bo‘ldi.

Yevrostatning ta’kidlashicha, mazkur ma’lumot  “Yevropa fuqarolarining subyektiv farovonligi tendensiyalarini qamrab olishga” qaratilgan.

 “Yevropa Ittifoqi fuqarolari o‘rtacha 10 balldan 7,1 ball to‘plangani sababli o‘z hayotlaridan umumiy qoniqish hosil qiladi”.

Hisobot shuni ko‘rsatdiki, ta’lim darajasi, oila va moliyaviy barqarorlik kabi omillar so‘rov ishtirokchilarining nafaqat moddiy farovonlik, balki o‘z hayotlaridan umumiy qoniqishlariga ta‘sir qilgan.
 

“Qizig‘i shundaki, yaqin o‘tmishda daromad darajasi past bo‘lgan baʼzi mamlakatlar, masalan, Ruminiya va Polsha hayotdan qoniqish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, bu esa subyektiv va iqtisodiy farovonlik o‘rtasidagi munosabatlarning murakkabligini ko‘rsatadi”, — dedi Yevrostat.

 
Yevropa Ittifoqining eng yirik iqtisodlaridan Italiya, Ispaniya va Fransiyaning balli o‘rtacha 7,1 atrofida.
 Germaniya 6,5 ​​ball bilan birgina Bolgariyani ortda qoldirib, so‘rovda eng baxtsiz davlatlardan biri bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »