Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ingliz tili dunyodagi eng keng tarqalgan til hisoblanadi, chunki u xalqaro muloqot uchun eng ko‘p ishlatiladigan tildir. Shu sababli chet elga sayohat qilganda aksariyat sayyohlar ingliz tilini bilish ularga dam olish maskani bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni hal qilishda yordam berishiga ishonishadi.

Biroq 2023-yil bo‘yicha tayyorlangan English Proficiency Index ma’lumotlariga asoslaniladigan bo‘lsa, barcha mashhur sayyohlik mamlakatlarida ham ingliz tilini yaxshi bilishmaydi.

2022-yilda 113 mamlakatda EF standarti bo‘yicha ingliz tili testlarini topshirgan 2,2 million nafar katta yoshlilar natijalari tahlil qilinib, har bir mamlakatga maksimal 800 balldan kelib chiqib reytingdan joy berildi.

Natijada, rezidentlari 647 ball to‘plagan Niderlandiya birinchi o‘rinni egalladi. Umuman olganda, Yevropaning o‘nta davlati kuchli 12 talikka kirdi (ingliz tilini juda yuqori darajada biladigan davlatlar): Avstriya (3), Daniya (4), Norvegiya (5), Shvetsiya (6), Belgiya (7), Portugaliya (8) , Germaniya (10), Xorvatiya (11), Gretsiya (12). Singapur ikkinchi, Janubiy Afrika esa to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi toifada (yuqori kompetensiya) 18 ta davlat bor, shu jumladan, Polsha (13), Ruminiya (15), Vengriya (17), Slovakiya (18), Finlyandiya (14), Bolgariya (16), Litva (21), Lyuksemburg (22), Estoniya (23), Serbiya (24), Chexiya (26) va Shveysariya (30) kabi Yevropa davlatlari ham ushbu turkumga kiritilgan.

Uchinchi toifa (o‘rtacha kompetentsiya) davlatlari orasida Gruziya (32), Ispaniya, Italiya, Moldova (har uchchalasi 35-o‘rin), Albaniya (39) va Fransiya (43), Ukraina (45), Armaniston (48) bor.

Pokiston (64), Livan (65), Turkiya (66), Ozarbayjon (83) kabi davlatlar to‘rtinchi toifadan (past kompetensiya) o‘rin oldi.

Beshinchi toifaga (juda past kompetensiya) jami 22 davlat kiritilgan bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston (93) ham bor.

Ingliz tili bilan bog‘liq eng yomon ahvol Kongo Demokratik Respublikasida (113), Tojikistonda (112) va Yamanda (111) kuzatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »