Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 16-turida “Barselona” 10-dekabr, yakshanba kuni “Jirona”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Artyom Dovbik hisobni ochdi. 19-daqiqada Rober Levandovski burchakdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirlab qolganda, “Jirona” futbolchisi Migel Gutyerres jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etdi. 80-daqiqaga kelib, hisob o‘zgardi. Zaxiradan maydonga tushgan Valeri Fernandes Penya darvozasini ishg‘ol etdi. 90+2-daqiqada Ilkay Gundo‘g‘an hisobni qisqartirdi. 90+5-daqiqada Stuani uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

“Jirona” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 41 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida yetakchilikni qo‘lga oldi. “Barselona” esa 34 ochko bilan 4-pog‘onani band etdi.


La Liga

16-tur bahsi

10-dekabr, yakshanba

“Barselona” – “Jirona” 2:4

Gollar: 0:1 – 12 Dovbik, 1:1 – 19 Levandovski, 1:2 – 40 Migel Gutyerres, 1:3 – 80 Fernandes, 2:3 — 90+2 Gundo‘g‘an, 2:4 — 90+5 Stuani.

“Barselona”: Penya, Kunde, Kristensen (Balde, 65), Arauxo, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an, de Yong, Pedri (Lopes, 80), Rafinya (Ferran Torres, 65), Joau Feliks (Yamal, 65), Levandovski.

“Jirona”: Gassaniga, Yan Kouto (Fernandes, 78), Blind, David Lopes, Erik Garsiya, Migel Gutyerres, Aleish Garsiya, Martin, Sigankov (Portu, 78), Savio, Dovbik (Stuani, 73).

Ogohlantirish: Blind (64).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »